• Jun 29 2024 - 14:45
  • 32
  • : Less than one minute

Samarqand davlat universiteti Eronning Sharaf texnologiya universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi…

Samarqand davlat universitetiga Eronning Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik markazi raisi, fan, texnologiyalar va bilimlarga asoslangan iqtisodiyot boʻyicha vitse-prezidenti Amir Hossein Mirabadi boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.

 Martabali mehmonlar bilan Samarqand davlat universiteti rektori, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi Rustam Xolmurodov uchrashdi.

 Muloqotda tomonlar o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Eronning Sharaf texnologiya universiteti bilan qo’shma texnopark markazini ochishga kelishildi.

Uchrashuv so’ngida hamkorlik memorandumi imzolandi…

Delegatsiya a’zolari uchrashuvdan so’ng SamDU Biokimyo va Muhandislik fizikasi instituti faoliyati bilan tanishdi.

 
Amir Hossein Mirabadi– Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik markazi raisi, fan, texnologiyalar va bilimlarga asoslangan iqtisodiyot boʻyicha vitse-prezident: 
 
— Hamkorlik va shaxslararo munosabatlarni mustahkamlashda zamonaviy fan va texnika muhim oʻrin tutadi. Muvaffaqiyatli ilmiy hamkorlik chuqur oʻzaro tushunish va qoʻllab-quvvatlashni talab qiladi. Taʼlim sohasida texnologiya yutuqlari hamkorlikni yaxshilaydi va taʼlimda innovatsiyalarni ragʻbatlantiradi. Bu nafaqat texnologik salohiyatni oshirishga yordam beradi, balki zamonaviy infratuzilmaning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
 
Yangi texnologiyalarni yaratish yangi strategiyalarni ishlab chiqish va xalqaro miqyosda hamkorlik aloqalarini oʻrnatishni talab qiladi. Eron Oʻzbekistondagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga tayyorligi qayd etilgan. Bu talabalar almashinuvi, qoʻshma ilmiy loyihalar va har ikki davlat manfaati uchun hamkorlikning boshqa shakllarini oʻz ichiga oladi.
 

 

 

عسگر فارسی عباس آبادی

عسگر فارسی عباس آبادی

.

:

:

:

: