Eronning eng kuchli odamining O’zbekistondagi namoyishi
Eronning eng kuchli odamlaridan biri va ushbu musobaqaning ikki karra chempioni Riza Qayosi ishtirok etgan Pahlavon Mahmud kubogi xalqaro musobaqalari yakunlandi va Qaytosi chempionlikni qo'lga kiritdi.

2-iyun kuni “Pahlavon Mahmud - Strongmen games Islom Hamkorlik Tashkiloti ochiq chempionati" o'yinlari o'z nihoyasiga yetdi. Mazkur xalqaro musobaqada ishtirok etgan pahlavonlarni taqdirlash va musobaqani yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Turnirda 1-o'rinni eronlik pahlavon Reza Geytasi qo'lga kiritdi va $5000 pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Ma'lumot uchun, turnirda dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlaridan (Buyuk Britaniya, Bahrayn, Chexiya, Avstraliya, Latviya, Litva, Pokiston, Yangi Zelandiya, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston) kelgan pahlavonlar o‘zaro bahslashdilar. Xalqaro turnirda pahlavonlar jami 7 ta shart bo‘yicha bahs olib borishdi:
- Oqtosh xarsangi;
- Obkach;
- Amudaryo qayig‘ini tortish;
- Cho‘girma otish;
- Mo‘ynoq langarini tortish;
- Xiva ustunlarini ushlab turish;
- Qilichni vertikal ushlab turish.
.