• Jun 30 2024 - 14:20
  • 44
  • : Less than one minute

Erondagi prezidentlik sayloviga ikki nomzod yetakchilik qilmoqda

Erondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalariga ko'ra, islohotchi Masud Pezeshkian va konservator Said Jaliliy yetakchilik qilmoqda. Bu haqida "Tasnim" agentligi xabar berdi.

Sobiq sog'liqni  saqlash vaziri Masud Pezeshkiyan 12 million ovoz  (jami 61 million saylovchi) hisoblab chiqilganidan so’ng, konservativ Said Jaliliydan o’zib ketdi.

IRIB telekanali ta’kidlashicha, 58 ming saylov uchastkasidan 32,2 mingtasida byulletenlarni qayta qurib chiqish natijasida Pezeshkian 5 million, Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Jaliliy esa 4.875 million ovoz olgan.

G’alaba qozonish uchun nomzod 50 foizdan ko’proq ovoz olishi kerak. Aks holda, 5 iyul kuni saylovni ikkinchi bosqichi o’tkaziladi va unda birinchi bosqichda eng ko’p ovoz olgan ikki nomzod kurash olib boradi.

Eslatib o’tamiz, Eron Oliy yetakchisining Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi vakili Said Jaliliy, parlamentning amaldagi spikeri Muhammad Bag’er G’olibaf, Eron sobiq sog’liqni saqlash va tibbiy ta’lim vaziri, parlament a’zosi Masud Pezeshkian hamda sobiq ichki ishlar vaziri, din arbobi Mustafo Purmuhammadiy nomzodi ovoz berish jarayoniga qo’yilgandi.

عسگر فارسی عباس آبادی

عسگر فارسی عباس آبادی

.

:

:

:

: