Bojxona

Zardushtiylarning an’anaviy kiyimlari — go‘zallik va soddalik uyg‘unligi

Zardushtiy erkaklar, asosan, oq rangli kiyimlar kiyadilar, zardushtiy ayollarning an’anaviy kiyimlari esa turli-tuman ranglarga ega.Ranglar va naqshlarning xilma-xilligi Eron xalqlarining an’anaviy kiyimlarida ko‘zga tashlanadigan eng muhim xususiyatlardan biridir. Bu xilma-xillik, ayniqsa, ayollar kiyimlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Uning shu qadar o‘ziga xos ko‘rinishlari borki, dunyoning boshqa jamiyatlarida bunga o‘xshash namunalarni topish qiyin. Eron zardushtiylarining an’anaviy kiyimlari ham bundan mustasno emas. Zardushtiylarning tarixiy didi va qarashlariga mos ravishda shakllangan rang-baranglik ularning kiyimlariga o‘ziga xos ko‘rk bag‘ishlaydi. Zardushtiylarning an’anaviy kiyimlari: zardushtiy erkaklar libosi Qadimda zardushtiy erkaklarning aksariyati uzun soqol qo‘ygan. Bugungi kunda ham zardushtiylar orasida keng tarqalgan bir xil oq rangli kiyim kiyish odati o‘tmishda ham mavjud bo‘lgan. Ehtimol, shu sababli ayrim kitoblarda zardushtiylar «oq kiyimlilar» deb atalgan. Hozirgi vaqtda an’anaviy kiyimlardan diniy marosimlarda, shuningdek, ayrim oilaviy tadbirlar va maxsus kunlarda foydalaniladi. Bu kiyimlar qadimgi davrlardagidek, odatda, «karbas» deb ataladigan paxtadan to‘qilgan matodan tikiladi. Zardushtiy erkaklar kiyimi quyidagi qismlardan iborat: Bosh kiyim: Bu bosh kiyim «chador-shab» deb ham ataladi. Chador-shab paxta ipidan to‘qiladi va jigarrang, oq, qizil, to‘q qizil hamda qora ranglarda bo‘ladi. U kvadrat shaklida bo‘lib, chetlari qora ipak ip bilan tikib chiqiladi. Qadimda kuyovlar uchun chetlari kashtalar bilan bezatilgan paxtali chador-shablar tikilgan. Bosh kiyim ostidan, odatda, do‘ppi kiyiladi. U yashil rangli «doroiy» matodan tikilib, gul va novdalar tasviri bilan bezatilgan bo‘lishi mumkin. Ibodat vaqtida ham boshga kiyiladigan oq do‘ppilarni bosh kiyim ostidan kiyish odati keng tarqalgan. Ichki ko‘ylak (sadra): Bu ko‘ylak zig‘ir matosidan tikiladi, yenglari va uzunligi kalta bo‘ladi. Uning yoqasi yarim doira shaklida bo‘lib, old qismida kesik mavjud. Ustki ko‘ylak: Bu ko‘ylak

Ranglar va naqshlarning xilma-xilligi Eron xalqlarining an’anaviy kiyimlarida ko‘zga tashlanadigan eng muhim xususiyatlardan biridir. Bu xilma-xillik, ayniqsa, ayollar kiyimlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Uning shu qadar o‘ziga xos ko‘rinishlari borki, dunyoning boshqa jamiyatlarida bunga o‘xshash namunalarni topish qiyin. Eron zardushtiylarining an’anaviy kiyimlari ham bundan mustasno emas. Zardushtiylarning tarixiy didi va qarashlariga mos ravishda shakllangan rang-baranglik ularning kiyimlariga o‘ziga xos ko‘rk bag‘ishlaydi.

Zardushtiylarning an’anaviy kiyimlari: zardushtiy erkaklar libosi

Qadimda zardushtiy erkaklarning aksariyati uzun soqol qo‘ygan. Bugungi kunda ham zardushtiylar orasida keng tarqalgan bir xil oq rangli kiyim kiyish odati o‘tmishda ham mavjud bo‘lgan. Ehtimol, shu sababli ayrim kitoblarda zardushtiylar «oq kiyimlilar» deb atalgan.

Hozirgi vaqtda an’anaviy kiyimlardan diniy marosimlarda, shuningdek, ayrim oilaviy tadbirlar va maxsus kunlarda foydalaniladi. Bu kiyimlar qadimgi davrlardagidek, odatda, «karbas» deb ataladigan paxtadan to‘qilgan matodan tikiladi. Zardushtiy erkaklar kiyimi quyidagi qismlardan iborat:

  1. Bosh kiyim: Bu bosh kiyim «chador-shab» deb ham ataladi. Chador-shab paxta ipidan to‘qiladi va jigarrang, oq, qizil, to‘q qizil hamda qora ranglarda bo‘ladi. U kvadrat shaklida bo‘lib, chetlari qora ipak ip bilan tikib chiqiladi. Qadimda kuyovlar uchun chetlari kashtalar bilan bezatilgan paxtali chador-shablar tikilgan. Bosh kiyim ostidan, odatda, do‘ppi kiyiladi. U yashil rangli «doroiy» matodan tikilib, gul va novdalar tasviri bilan bezatilgan bo‘lishi mumkin. Ibodat vaqtida ham boshga kiyiladigan oq do‘ppilarni bosh kiyim ostidan kiyish odati keng tarqalgan.

  2. Ichki ko‘ylak (sadra): Bu ko‘ylak zig‘ir matosidan tikiladi, yenglari va uzunligi kalta bo‘ladi. Uning yoqasi yarim doira shaklida bo‘lib, old qismida kesik mavjud.

  3. Ustki ko‘ylak: Bu ko‘ylak butunlay oq rangda bo‘ladi. Ko‘ylakning dumaloq yoqasi o‘rtasida, ba’zan esa bo‘yin yonida uni kiyishni osonlashtirish uchun kesik ochiladi. Kiyilgandan keyin bu kesik tugma bilan mahkamlanadi. Ko‘ylak tizzagacha tushadi va uning ustida cho‘ntaklar bo‘ladi. Ba’zan belga ko‘ylak ustidan belbog‘ yoki ro‘mol bog‘lanadi.

  4. Shim: Zardushtiy erkaklar alohida bir turdagi maxsus shim kiymaydilar. Ularning shimlari oddiy shimlardan, asosan, bir xil oq rangda bo‘lishi bilan farqlanadi.

Zardushtiylarning an’anaviy kiyimlari: zardushtiy ayollar libosi

Zardushtiy ayollarning kiyimlari shu qadar rang-barangki, qadimda sayohatchilar va safarnoma mualliflarining e’tiborini o‘ziga tortgan. Qadimgi safarnomalarni o‘rganish orqali zardushtiy ayollar kiyimlaridagi ranglar xilma-xilligi, ko‘k yoki katakli ko‘ylaklar, xol-xol shimlar hamda rang-barang bosh kiyimlar haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin.

Zardushtiy ayollar kiyimi Eronning ayrim boshqa etnik guruhlari kiyimlari bilan ko‘plab umumiy jihatlarga ega. Ularning ro‘moli shakli va bog‘lanish usuli jihatidan baxtiyoriy ayollar ro‘moliga, ko‘ylagi lor ayollari ko‘ylagiga o‘xshaydi. Shimining shakli va bichimi ozarbayjonlik ayollar shimiga yaqin bo‘lsa, bosh kiyimining tashqi ko‘rinishi bandari ayollari kiyadigan bosh kiyimni eslatadi.

Zardushtiy ayollarning an’anaviy kiyimlari, umuman olganda, bir necha qismdan tashkil topadi:

  1. Kichik bosh ro‘mol (lachak): Bu kiyim uchburchak shaklidagi matodan iborat. Lachak zarbof, baxmal yoki ipak matodan tayyorlanadi va sochlarning barchasini yopib turadigan tarzda bog‘lanadi.

  2. Ro‘mol: Bu katta o‘lchamli, rang-barang va turli naqshlar bilan bezatilgan mato bo‘lib, ayolning boshining old va orqa qismlarini yopib turadi. Ba’zan ro‘mol shunday bog‘lanadiki, uning ostida bilaklargacha bo‘lgan qism ham yopiladi. Zardushtiy ayollar orasida to‘piqqacha tushadigan va tana shakllarini to‘liq berkitadigan katta ro‘mollardan foydalanish odati ham keng tarqalgan. Bunday ro‘mollar sirpanib ketmaydigan va boshda mahkam turadigan matodan tikiladi.

  3. Ichki ko‘ylak (sadra).

  4. Ustki ko‘ylak: Bu keng bichimli ko‘ylak bo‘lib, yeng uchlari hoshiyali, yoqasi dumaloq va orqa qismida kichik kesigi mavjud. Ko‘ylakning pastki qismi keng etakdan iborat. Ba’zan etak ham yeng uchlari kabi bezatiladi va ko‘ylak boldirgacha tushishi mumkin. Hozirgi vaqtda kiyimning ushbu qismidan kamroq foydalaniladi.

  5. Shim: Bichimiga ko‘ra, zardushtiy ayollar shimini ozarbayjonlik ayollar shimiga o‘xshatish mumkin. Biroq bu shimlarning pochalari ingichka va rang-barang mato bo‘laklaridan tikiladi.