Bojxona

Eron qahvaxonasi — o‘ziga xos an’analarga ega ijtimoiy maskan

Eron qahvaxonasi XVI asrda vujudga kelgan bo‘lib, bir necha asrlik faoliyati davomida o‘ziga xos an’analar va san’at turlarining rivojlanishiga zamin yaratgan.Eronda qahvaxonalar shu qadar keng tarqaldiki, aksariyat shaharlarda har bir mahallaning o‘ziga tegishli bir yoki bir nechta qahvaxonasi mavjud edi. Shu jihatdan, «qahvaxonada vaqt o‘tkazish»ni o‘tgan bir necha asr davomida Eron jamiyatida mavjud bo‘lgan ijtimoiy hodisalardan biri sifatida tavsiflash mumkin. Erkaklar ish joyi va uy muhitidan tashqarida bir necha soat vaqt ajratib, o‘zaro suhbatlashish va muloqot qilish uchun qahvaxonalarga yig‘ilardilar. Biroq ayrim qahvaxonalar qimor o‘yinlari va aysh-ishrat uchun sharoit yaratib, o‘ziga xos mijozlarni jalb qilgan. Bunday maskanlar huquqbuzarliklar va ommaviy janjallarning yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lgan. Ayniqsa, XX asr o‘rtalarida, Pahlaviylar sulolasining ikkinchi davrida bunday qahvaxonalar keng tarqalgan. Islom inqilobidan keyin esa ular yo‘qolib ketgan. Shunga qaramay, bunday joylar jamiyat ongida qahvaxonalar haqida salbiy tasavvur shakllanishiga sabab bo‘lgan. Eron qahxonalarining xususiyatlari va an’analari G‘arb mamlakatlaridagi Eron qahvaxonasiga eng yaqin maskan sifatida «kafe» yoki «kofeshop»ni misol keltirish mumkin. Albatta, Eron qahxonalarining muhiti zamonaviy kafelarnikidan ancha farq qiladi. Biroq ichimliklar va yengil tamaddilar tortilishi, dam olish hamda muloqot uchun sharoit yaratilishi jihatidan ular o‘zaro o‘xshashdir. Eron qahxonalarida qahvadan tashqari choy, turli xil giyohli damlamalar, ba’zan esa yengil tamaddilar yoki taomlar, masalan, omlet va tuxum qovurmasi ham tortiladi. Hatto choy boshqa ichimliklarga qaraganda ko‘proq mashhur bo‘lishi mumkin. Eron qahxonalarining aksariyatida chilim ham mavjud. Chilim tamaki chekish uchun mo‘ljallangan, kelib chiqishi Eronga borib taqaladigan asboblardan biri hisoblanadi. U bir necha qismlardan tashkil topgan, tik shakldagi idish ko‘rinishida yasaladi. Har bir chilimga bir yoki bir nechta naycha ulanadi. Uning yuqori qismida tam

Eronda qahvaxonalar shu qadar keng tarqaldiki, aksariyat shaharlarda har bir mahallaning o‘ziga tegishli bir yoki bir nechta qahvaxonasi mavjud edi. Shu jihatdan, «qahvaxonada vaqt o‘tkazish»ni o‘tgan bir necha asr davomida Eron jamiyatida mavjud bo‘lgan ijtimoiy hodisalardan biri sifatida tavsiflash mumkin. Erkaklar ish joyi va uy muhitidan tashqarida bir necha soat vaqt ajratib, o‘zaro suhbatlashish va muloqot qilish uchun qahvaxonalarga yig‘ilardilar.

Biroq ayrim qahvaxonalar qimor o‘yinlari va aysh-ishrat uchun sharoit yaratib, o‘ziga xos mijozlarni jalb qilgan. Bunday maskanlar huquqbuzarliklar va ommaviy janjallarning yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lgan. Ayniqsa, XX asr o‘rtalarida, Pahlaviylar sulolasining ikkinchi davrida bunday qahvaxonalar keng tarqalgan. Islom inqilobidan keyin esa ular yo‘qolib ketgan. Shunga qaramay, bunday joylar jamiyat ongida qahvaxonalar haqida salbiy tasavvur shakllanishiga sabab bo‘lgan.

Eron qahxonalarining xususiyatlari va an’analari

G‘arb mamlakatlaridagi Eron qahvaxonasiga eng yaqin maskan sifatida «kafe» yoki «kofeshop»ni misol keltirish mumkin. Albatta, Eron qahxonalarining muhiti zamonaviy kafelarnikidan ancha farq qiladi. Biroq ichimliklar va yengil tamaddilar tortilishi, dam olish hamda muloqot uchun sharoit yaratilishi jihatidan ular o‘zaro o‘xshashdir.

Eron qahxonalarida qahvadan tashqari choy, turli xil giyohli damlamalar, ba’zan esa yengil tamaddilar yoki taomlar, masalan, omlet va tuxum qovurmasi ham tortiladi. Hatto choy boshqa ichimliklarga qaraganda ko‘proq mashhur bo‘lishi mumkin.

Eron qahxonalarining aksariyatida chilim ham mavjud. Chilim tamaki chekish uchun mo‘ljallangan, kelib chiqishi Eronga borib taqaladigan asboblardan biri hisoblanadi. U bir necha qismlardan tashkil topgan, tik shakldagi idish ko‘rinishida yasaladi. Har bir chilimga bir yoki bir nechta naycha ulanadi. Uning yuqori qismida tamaki solinadigan joy ustiga bir necha dona cho‘g‘langan ko‘mir qo‘yiladi. Chilimning pastki qismiga suv quyiladi, shunda tamaki tutuni suvdan o‘tib, soviydi. Keyin tutun naycha orqali nafas bilan o‘pkaga tortiladi. Eron qahxonalarida turli ta’m va hidlarga ega chilim turlarini uchratish mumkin.

Qahvaxona, odatda, erkaklar uchun mo‘ljallangan maskan sifatida tanilgan va u yerga ayollar bormaydi. Ilgari qahvaxona egalarining aksariyati diniy marosimlarni, ayniqsa, Muharram oyidagi motam yig‘inlarini o‘tkazishga alohida e’tibor berganlar. Bugungi kunda ham ayrim qahvaxonalar Muharram oyida yopilib, ularning binolari motam marosimlarini o‘tkazish uchun ajratiladi.

Ramazon oyida esa qahvaxonalar iftordan, ya’ni kechki payt ro‘za ochilgandan keyin faoliyatini boshlaydi va sahargacha ochiq bo‘ladi.

Qahvaxonadagi o‘yinlar

Qahxonalarda turli o‘yinlar ham o‘ynaladi. Ularning aksariyati stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar hisoblanadi. Nard — qahvaxonalardagi eng mashhur o‘yinlardan biri. Shuningdek, «Turna», «Gol yo Puch» yoki «Mafiya» kabi jamoaviy o‘yinlar ham o‘ynalishi mumkin.

«Turna» qadimiy eron o‘yini bo‘lib, unda har bir o‘yinchi qur’a orqali muayyan rolga ega bo‘ladi. Qur’a tashlash uchun zar shaklidagi asbobdan foydalaniladi. Har bir o‘yinchi o‘z roliga muvofiq boshqa ayrim o‘yinchilarga nisbatan hukm chiqaradi yoki belgilangan vazifani bajaradi.

«Gol yo Puch» ham juda oddiy o‘yin, biroq u shunchalik hayajonliki, uning tashqi ko‘rinishidan buni tasavvur qilish qiyin! Ushbu o‘yinda ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linadi. Guruhlardan biri odatda no‘xatga o‘xshash kichik buyum — «gul»ni qo‘llari orasiga yashiradi. Ikkinchi guruh esa turli usullarni qo‘llab, gul qaysi qo‘lda yashirilganini topishga harakat qiladi.

«Mafiya» esa kelib chiqishi G‘arbga borib taqaladigan o‘yin bo‘lib, unda qur’a orqali o‘yinchilar o‘rtasida turli rollar taqsimlanadi. «Fuqarolar» deb ataladigan guruh a’zolari mantiqiy fikrlash va o‘yin jarayonini tahlil qilish orqali fuqarolarga qarshi yashirincha harakat qiladigan «mafiya» a’zolarini fosh etishlari kerak. Odatda, «Mafiya» o‘yinining har bir bosqichida mafiya guruhi a’zolari tanlagan bir kishi va o‘yinchilarning ovoz berishi natijasida yana bir kishi o‘yindan chiqariladi.

Qahvaxona san’atlari

Qadimgi qahvaxonalarda tashrif buyuruvchilarni ko‘ngilxushlik bilan ta’minlash uchun turli san’at turlari rivojlangan. Ularning eng mashhuri «naqqollik» hisoblanadi.

Naqqollik, asosan, qahramonlik voqealariga bag‘ishlangan hikoyalarni so‘zlab berish san’atidir. Bunday hikoyalar ko‘pincha fors tilida so‘zlashuvchi xalqlarning ulkan qahramonlik dostoni — Firdavsiyning «Shohnoma» asaridan tanlanadi. Naqqol she’riy baytlarni o‘qish va hikoya mazmuniga mos harakatlarni bajarish orqali tinglovchilarning ko‘nglini oladi.

Ilgari qahvaxonalarga tashrif buyuruvchilarning aksariyati jamiyatning quyi qatlamlariga mansub bo‘lib, ularning savodxonlik darajasi ham yuqori bo‘lmagan. Shu sababli naqqollik fors adabiyoti hikoyalarini ularga yetkazish va og‘zaki merosni avloddan avlodga uzatishning eng muhim vositalaridan biri bo‘lgan. Bugungi kunda naqqollik kam sonli qahvaxonalardagina ijro etiladi, biroq u hanuzgacha Eronning an’anaviy sahna san’ati turlaridan biri hisoblanadi. Ayrim qahvaxonalarda jonli musiqa ijrolari ham tashkil etiladi.

Qahvaxonalarda qo‘llanilgan va vaqt o‘tishi bilan Eron tasviriy san’atining alohida yo‘nalishiga aylangan yana bir san’at turi — qahvaxona rassomchiligidir. Bunday rasmlarda qahramonlik dostonlari qahramonlari, ba’zan esa diniy shaxslarning siymolari tasvirlanadi.

Qahvaxona rassomchiligini xalq e’tiqodlari, adabiyot va og‘zaki hikoyalar bilan uyg‘unlashib ketgan tasviriy san’at yo‘nalishi sifatida ta’riflash mumkin.