Gombede Kavus Minorasi

Gombede Kavus Minorasi

Gombede Kavus Minorasi
Dunyodagi eng baland g‘ishtli minora Eronda joylashgan
Gombede-Kavus minorasi Eronning Guliston viloyati Gombede-Kavus shahrining markaziy qismida joylashgan. U 1006 yilda Ziyoriylar sulolasi hukmdori Shams al-Maali Qobus maqbarasi sifatida qurilgan. Bu haqda Eron axborot manbalari xabar berdi. Minora 55 metr balandlikda bo'lib, balandligi 10 metrdan ortiq sun'iy platformada joylashgan. Minoraning umumiy balandligi 72 metrni tashkil qiladi.
Pishgan g'ishtdan qurilgan Gombede-Kavus dunyodagi eng baland g'isht minorasi hisoblanadi. Binoning ichki qismi ichi bo'sh, devorlari qalinligi 3 metrdan sal ko'proq. Minoraning shakli sakkiz burchakli, tomi uchburchakdir. Uning pastki diametri 17 metr, yuqori diametri esa 15,5 metr bo'lib, yuqoriga qarab torayib boradi. Minoraga faqat sharqiy tomondan kirish mumkin. Uning ostida arabcha yozuvlar bo'lib, unda bu bino ziyoriylar hukmdoriga tegishli ekanligi yozilgan. Ushbu tarixiy obida 2012 yilda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Gombede Kavus Minorasi
Country Iran
StateGuliston
CityGonbad-e Kavus

Islamic Culture and Communication Organization is one of the Iranian organizations which is affiliated to the Ministry of Culture and Islamic Guidance; and was established in 1995.[]

:

:

:

: