Toshkentda Hofiz Sheroziy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro adabiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida buyuk fors shoiri va mutafakkiri Hofiz Sheroziyning hayoti, ijodiy merosi hamda jahon adabiyotidagi o‘rniga bag‘ishlangan xalqaro anjuman tashkil etildi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida buyuk fors shoiri va mutafakkiri Hofiz Sheroziyning hayoti va ijodi, shuningdek, uning jahon adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan xalqaro adabiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi Hofiz Sheroziy ijodining boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, uning asarlarida aks etgan insoniy qadriyatlar, ezgulik, sadoqat, muhabbat va hayot falsafasini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.
Anjumanda shoir ijodining nafaqat fors adabiyoti, balki jahon mumtoz adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni ham alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Hofiz Sheroziy asarlarining asrlar davomida turli xalqlarning ma’naviy hayoti va adabiy tafakkuriga ko‘rsatib kelayotgan ta’siriga e’tibor qaratildi.