• Jul 9 2025 - 12:38
  • 26
  • : 1 minute(s)

Sionistik rejimning Eronga qarshi jinoyatlarini qat’iy qoralaymiz

Sionistik Rejimning Jinoyatkor Tajovuzi: Xalqaro Huquqni Buzish

2025-yil 13-iyun, juma kuni ertalabdan boshlab dunyo, sionistik ishgʻolchi rejimning Eron Islom Respublikasining hududiy yaxlitligi va milliy suverenitetini buzgan holda, aholi turar joylariga, yadro olimlari va yuqori martabali harbiylar uylariga hujumlari, shu jumladan begunoh ayollar va bolalarning o‘ldirilishiga guvoh bo‘ldi. Bu jinoyat nafaqat BMT Nizomi qoidalarini qo‘pol ravishda buzish, balki Eron Islom Respublikasiga qarshi ochiq tajovuzdir.

Xalqaro institutlarning passivligi yana bir bor ularning samarasizligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, ba’zi ommaviy axborot vositalari muhiti zo‘rlash va o‘ldirish kabi jinoyatlarni oqlashga urinayotgani jamiyat uchun xavfli tendentsiyadir.

Sionistik rejimning yadro obyektlariga qilingan hujumi hech qanday bahona bilan oqlandirib bo‘lmaydigan jiddiy jinoyatdir. Bu avanturizm mintaqada urush olovini yanada kuchaytirishi mumkin, shuning uchun musulmonlar hamda barcha tinchlikparvar kuchlar bu falokatni bartaraf etish uchun shoshilinch choralar ko‘rishlari zarur.

Eron Islom Respublikasi o‘zini himoya qilish uchun zarur quvvaga ega bo‘lsa-da, diniy va insonparvarlik tamoyillariga sodiq holda javob choralarini cheklab qo‘ydi. Biroq, bu harakatlar dunyo tinchligi uchun yagona yechim emasligini tushunish kerak. Eslatib o‘tamiz, Islom inqilobi Rahbari ommaviy qirg‘inlarning oldini olish maqsadida yadro quroli ishlab chiqarishni qat’iyan man qilgan. Shu nuqtai nazardan, Eron o‘zining tinchlikparvar va insonparvar siyosatini izchil olib bormoqda.

Bunday sharoitda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlovchi diniy idoralar, mutafakkirlar va insonparvar tashkilotlar ushbu jinoyatni qat’iy qoralashi, shuningdek, global tinchlikni tahdid qiluvchi bu xavfli sarguzashtga qarshi birlashgan choralar ko‘rishlari kutilmoqda.

Muhammad Mehdi Imanipur, Dinlararo muloqot siyosati va muvofiqlashtirish kengashi rahbari, Islom madaniyati va kommunikatsiyalari tashkiloti rahbari

مدیر سایت

مدیر سایت

.

:

:

:

: