• Jun 21 2024 - 14:19
  • 64
  • : 2 minute(s)

Ilmiy va madaniy aloqalarni oshirish maqsadida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Alirizo Muxtorpur bilan uchrashdi

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Shoh Azim Manorov Eron Milliy arxivlar va kutubxonalar tashkiloti rahbari Alirizo Muxtorpur bilan ilmiy va madaniy aloqalarni kuchaytirishni muhokama qilish maqsadida uchrashdi.

Mehr agentligi xabariga ko‘ra, Eron Islom Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Shoh Azim Manorov hamrohlik qiluvchi delegatsiya bilan birgalikda Eron Milliy kutubxonasi va arxivlar tashkiloti rahbari Alirizo Muxtorpur va uning o‘rinbosarlari bilan uchrashib, suhbatlashishdi.

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari bu ikki davlatning madaniy mushtarak tomonlariga ishora qilib, shunday dedi: Eronning hujjat va kutubxonalar sohasidagi qimmatli tajribalaridan foydalanish Eronga safarimizdagi eng muhim yutuqlardan biridir. Chunki O‘zbekiston mamlakati uchun islomshunoslik va eronologiya sohasidagi madaniy taraqqiyot alohida ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari qo‘shimcha qildi: “Hujjatlar tashkiloti va Eron Milliy kutubxonasining hujjatlarni qayta tiklash borasidagi tajribalaridan foydalanishga e’tibor qaratish va ushbu tashkilotning nufuzli mutaxassislarining ixtisoslashgan bilimlaridan bahramand bo‘lish, hujjatlarni tiklash va himoya qilish qo'lyozmalar sohasidagi asosiy faoliyatlarimizdan biridir.

Yig‘ilish davomida Ibn Sino jamg‘armasi umumiy boshqaruvi rahbari Mahmudov Nuzimxon ushbu muassasa faoliyati va Ibn Sino ijodi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berib,  milliy kutubxonada mavjud bo‘lgan Abu Ali Sinoga oid manbalar va qo‘lyozmalarni ilmiy-tadqiqot qilishda hamkorlikka chaqirdi.

Ushbu uchrashuvning davomi sifatida u Eron Milliy kutubxonasiga Ibn Sino tabobatiga oid “Huquq” kitobi hamda besh tilga tarjima qilingan va eronlik olim tomonidan ishlatilgan 10 ming atamani o‘z ichiga olgan “Avitsena iboralari” kitobini sovg‘a qildi.

Eron Milliy kutubxona va hujjatlar tashkiloti rahbari Alirizo Muxtorpur O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Shoh Azim Manorov va unga hamroh bo‘lgan delegatsiyaning ishtirokidan mamnunligini bildirdi va ikki davlat o’rtasida ilmiy-madaniy memorandumning amalga oshirilishini alohida ta’kidladi va su bilan birga Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga 45 jildlik “Eron qoʻlyozmalari kataloglari” (Fanxa) hamda 20 jildlik “Majam al-muxusat al-iroqiya” kitoblarini sovgʻa qildi.

Ushbu uchrashuvning davomida Milliy kutubxona o’rinbosari Esmat Momeni, tadqiqot va raqamli resurslar bo‘yicha o’rinbosar Fotime Sadr, milliy hujjatlar, hujjatlarni tashkil etish va Eron milliy kutubxonasi boshlig‘i Muhammad Hodi Noseriy tegishli bo'limlarning har birining faoliyat sohalari haqida so’z yuritishdi. Madaniy tahlil markazi rahbari Muhammadrizo Zairi va tashkilot rahbari maslahatchisi G‘ulomrizo Amirxoniy ham ushbu yig‘ilishda ishtirok etishdi.

Uchrashuv yakunida Eron Milliy kutubxonasi va hujjatlashtirish tashkiloti rahbari O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariga Eron Milliy kutubxonasi emblemasini taqdim etdi.

عسگر فارسی عباس آبادی

عسگر فارسی عباس آبادی

.

:

:

:

: